1

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi

Hi-tech 23.03.2020, 21:32
Teglar: internet, ikki oy, karantin
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi

O`zbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 24 mart soat 00.01 dan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi. Unga muvofiq:

Koronavirus infeksiyasi asosan Toshkent shahri hududida aniqlanganligini inobatga olib va ushbu infeksiya respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, engil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yo`l transporti vositalari orqali) to`xtatiladi.

Toshkent shahrida doimiy ro`yxatdan o`tgan shaxslar, shuningdek, Toshkent viloyatida doimiy ro`yxatdan o`tgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlari hamda yuk tashish bilan bog`liq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi.

Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo`yicha majburiy tibbiy nazorat o`rnatiladi.

Birinchi bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylarini tegishli mutaxassislar bilan ta`minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek, Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi ta`minlanadi.

Davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko`rsatish imkon qadar “onlayn” rejimga o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1