O`simlik yog`i, shakar va qolipli non narxi asossiz oshirilishi ustidan alohida nazorat o`rnatildi

Iqtisodiyot 25.03.2020, 18:49
Teglar: kredit, narxlar
O`simlik yog`i, shakar va qolipli non narxi asossiz oshirilishi ustidan alohida nazorat o`rnatildi

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Bosh prokuror o`rinbosari Erkin Yo`ldoshev ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda narxlarning sun`iy oshirilishi, buning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar haqida axborot berildi. Ta`kidlandiki:

— Ishlab chiqaruvchi yoki ulgurji savdoda narxs sun`iy oshirilsa, tabiiyki, chakana savdoda ham narx ko`tariladi. Shu bois muzlatgichli omborxonalar va ulgurji tarqatish bazalarida tovarlarni qimmat narxda sotish holatlariga yo`l qo`ymaslik choralari ko`rilmoqda. Bunda asosiy e`tibor tadbirkorlar muammolarini hal etishga qaratilmoqda.

— Birgina misol, «Bananza treyd eksport» MChJga chetdan O`zbekistonga kartoshka olib kelishi uchun 1 million dollar kredit ajratilishi, temir yo`llarda kartoshkani tashishda imtiyozli narx belgilanishi hamda O`simliklar karantini davlat inspeksiyasidan xulosalar olinishiga amaliy yordam ko`rsatildi.

— Moliya vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi bilan hamkorlikda un, o`simlik yog`i, shakar va qolipli non narxi asossiz oshishining oldini olish maqsadida birja savdolari ustidan alohida nazorat o`rnatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1