AsosiySiyosat

Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida tashkil etilgan Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni faoliyati bilan tanishib, bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini yuqori baholadi.

'Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida joylashgan Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligoniga tashrif buyurdi. Mazkur poligon so‘nggi yillarda Mudofaa vazirligi tizimidagi dala o‘quv maydonlari va harbiy ob’yektlarni xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Davlat rahbari bu yerda jangovar va maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etishning zamonaviy usullari, qo‘shinlar va qurol-yarog‘ni boshqarishning raqamli tizimlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirokidagi amaliy mashqlar bilan tanishdi. Mashg‘ulotlarda turli qo‘shin turlarining o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari namoyish etildi.

Mashg‘ulotlar yakunida Prezident bo‘linmalarning tayyorgarlik darajasi va birgalikdagi harakatlaridagi uyg‘unlikni yuqori baholab, bugungi murakkab xavfsizlik sharoitida Qurolli Kuchlar salohiyatini yanada mustahkamlash, xalq va armiya birdamligini kuchaytirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar