AsosiySiyosat

Koʻp xonadonli uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

'Koʻp xonadonli uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi'ning rasmi

2026–2030 yillarda sohada yangi moliyaviy va boshqaruv modeli joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar kuni ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 44 mingdan ortiq ko‘p kvartirali uylarda 7,1 million nafar aholi istiqomat qiladi. Ularga 900 dan ziyod boshqaruv servis kompaniyalari, 200 dan ortiq shirkatlar xizmat ko‘rsatmoqda, 856 ta uyda esa o‘zini o‘zi boshqarish tizimi joriy etilgan.

So‘nggi yillarda ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, umumiy mulkni ta’mirlash hamda muhandislik kommunikatsiyalarini yangilash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. Biroq boshqaruv kompaniyalari faoliyatining barqarorligi va samaradorligini oshirish, xizmatlar turini kengaytirish dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Shu munosabat bilan 2026–2030 yillarda ayrim shahar va tumanlarda ko‘p xonadonli uylarni boshqarishning klaster tizimini huquqiy eksperiment sifatida joriy etish taklif qilindi. Eksperiment doirasida uylar holati tahlii qilinib, “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi, kamida 7 ming xonadondan iborat lotlar shakllantiriladi va 5 yillik rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi.

Boshqaruvchi tashkilotlar “Mening uyim” axborot tizimi orqali mulkdorlar ovozlari bilan tanlanadi. Majburiy badallar va barcha qo‘shimcha daromadlar aynan shu tizim orqali hisobga olinadi. Hisobotlar o‘z vaqtida kiritilmagan taqdirda, majburiy badallarni hisoblash vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, “Turar-joy” milliy axborot tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish, sohani raqamlashtirish va dispetcherlik xizmatlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Davlat rahbari mas’ullarga qisqa muddatda sohaning sarmoya jozibadorligini oshirish, uy-joy mulkdorlari va boshqaruv servis kompaniyalari uchun manfaatti, shaffof va iqtisodiy jihatdan barqaror tizim yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefonlashdi'ning rasmi

    Siyosat 29.03.2026 14:51

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefonlashdi

    Suhbat davomida Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan keskin vaziyat, qarama-qarshiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etildi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga bordi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 13:35

    O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga bordi

    Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev hamrohligida mamlakat yengil sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 11:07

    O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi

    Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qur’goni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan tanishdi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 10:26

    O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi

    Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari mamlakatda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 02:59

    Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi

    Ikki mamlakat yetakchilari san'atkorlar ishtirokidagi an'anaviy madaniy dasturda qatnashdi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 15:35

    Oʻzbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

    Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Koʻksaroy qarorgohida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi yakunlarini eʼlon qildi.