AsosiySiyosat

Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi

Fuqarolarni xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.

'Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi'ning rasmi

Tashkiliy mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish, ayniqsa Yevropa va Yaqin Sharq davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Ma'lum qilinishicha, ilgari o‘zbekistonliklar asosan 2–3 ta davlatda mehnat qilgan bo‘lsa, hozir tashkiliy migratsiya asosida 30 dan ortiq mamlakatda ishlamoqda. Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistonda o‘quv kurslarini tashkil etib, mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, Yaponiya kompaniyasi qurilish, haydovchilik, mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishlarida 10 ming nafar o‘zbek mutaxassisini jalb qilish loyihasini boshlagan. Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishchilar yuborish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, Avstriya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Chexiya va Saudiya Arabistonida ishchi kuchiga talab yuqori bo‘lishiga qaramay, ushbu davlatlardagi elchilarning tashabbuslari yetarli emasligi tanqid qilindi. Elchilarga bu yo‘nalishda ishlarni faollashtirish vazifasi yuklatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.

    Prezident Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 14:28

    'Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2026 14:24

    Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin bilan uchrashdi.

    'Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 04:59

    Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi

    Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

    'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 00:45

    Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.