AsosiyJinoyat

Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi

Tungi klub oldida sodir etilgan og‘ir jinoyat bo‘yicha sud qarorini noqonuniy o‘zgartirishda ayblangan sudyalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi'ning rasmi

Toshkent shahrida erkakni kaltaklab, komaga tushirib qo‘ygan Akmal Shukurovni qamoqdan ozod etishga sabab bo‘lgan sudyalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qamoqqa olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar sudi raisi sobiq o‘rinbosari Murodjon Mirzajonov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining sobiq sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Obidov va Muhtarama Turg‘unovga adolatsiz sud qarorini chiqarish va sud ishlariga aralashish moddalari bilan ayblov e’lon qilingan.

Tergov materiallariga ko‘ra, ular apellyatsiya instansiyasida birinchi instansiya sudi hukmini noqonuniy ravishda o‘zgartirib, Akmal Shukurovni sud zalidan ozod qilgan. Keyinchalik protest asosida ushbu ajrim bekor qilinib, Shukurovga nisbatan 5 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hozirda mazkur ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 13:52

    "Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi 1-sonli tergov hbsxonasida “bishkezlik manyak” nomi bilan tanilgan Qumarbek Abdirov o‘lik holida topildi.

    'Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 02:26

    Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan

    Surxondaryo viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holat bo‘yicha dalolatnomani o‘zgartirib berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

    'Otasini ayovsiz kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan erkak qamaldi.'ning rasmi

    Jinoyat 16.01.2026 06:52

    'Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 16:18

    Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda

    Hodisa bir necha oy avval maktabdan tashqarida va o‘quv vaqtidan tashqari paytda yuz bergan.

    'Nyu-York politsiyasi "Grinch"ni qidiruvga berdi'ning rasmi

    Jinoyat 29.12.2025 10:35

    Nyu-York politsiyasi "Grinch"ni qidiruvga berdi

    Shahar politsiyasi Yangi yil arafasida hazilomuz aksiya o‘tkazib, mashhur kino qahramonini "topgan"larga 10 ming dollar mukofot va’da qildi.

    'Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 25.12.2025 03:58

    Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi

    Ko'mir ombori rahbarligiga tayinlash va vagonlar sonini oshirishni va'da qilgan amaldor 40 ming dollar talab qilgan.