1

Andijonda Xalq banki xodimlari uyma– uy yurib, kredit to`lovini yig`ayotganligi isbotlandi

Jamiyat 26.03.2020, 15:20
Andijonda Xalq banki xodimlari uyma– uy yurib, kredit to`lovini yig`ayotganligi isbotlandi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish munosabati bilan joriy qilingan karantin davrida Markaziy bank tomonidan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2020 yil 1 oktyabriga qadar kredit to`lovlarini qaytarishda imtiyozli davr berish va mos ravishda yakuniy to`lovlar muddatlarini uzaytirish topshirildi.

Shuningdek, muddati o`tgan qarzdorliklar kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qo`llamaslik hamda undiruvni kredit ta`minotiga qaratmaslik tavsiya etildi.

Telegramdagi "Muxbir Daliev" kanalida Xalq banki xodimlari Andijonda uyma-uy yurib, kredit undirayotgani haqida ma`lumot chot etildi. Xalq banki ushbu holatni o`rganib chiqdi.

O`rganish natijalariga ko`ra, Andijon tumani filiali xodimlari xonadonlarga borib, kredit undirish harakatlarini olib borgani aniqlandi. Hozir ushbu holatga yo`l qo`ygan filial rahbariga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo`llash masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Xalq banki Boshqaruvi tomonidan bankning barcha filial rahbarlariga karantin vaqtida kredit undirmaslik, muddati o`tgan qarzdorlik uchun penya hisoblamaslik bo`yicha topshiriq berildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1