1

Biznes vakillariga qo`shimcha engilliklar beriladi

Iqtisodiyot 26.03.2020, 22:12
Teglar: koronavirus, iqtisodiyot
Biznes vakillariga qo`shimcha engilliklar beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.  

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 martdagi farmoniga muvofiq, bu borada ko`plab imtiyoz va preferensiyalar belgilangan edi.

Bugungi yig`ilishda davlatimiz rahbari biznes vakillarining fikrini inobatga olgan holda, ularga yana qo`shimcha engilliklar berish zarurligini ta`kidladi.

Xususan 1 oktyabrga qadar tadbirkorlarning foydalanilmayotgan ob`ektlariga nisbatan mol-mulk va er solig`ining oshirilgan stavkalari qo`llanilmaydi. 1 noyabrga qadar koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalar bankrot deb e`lon qilinmaydi. Karantin muddati davomida tadbirkorlik sub`ektlari foydalanayotgan 3 ming 600 dan ortiq davlat mulki ob`ektlari bo`yicha ijara haqlarini undirish to`xtatiladi. Shuningdek, barcha loyihalar doirasida investisiyaviy majburiyatlarni bajarish muddatlari 6 oyga uzaytiriladi.

Bundan tashqari, karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini to`xtatib qo`yish taqiqlanadi. Aholiga tovarlarni etkazib berish hamda tashish xizmatlarini ko`rsatish uchun lisenziya olish talabi vaqtinchalik bekor qilinadi.

Yig`ilishda yangi ish o`rinlari yaratishni qo`llab-quvvatlash orqali aholi daromadini oshirish va kambag`allikni qisqartirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etilishi ma`lum qilinib, uning asosiy vazifalari ko`rsatib o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1