AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz”: Sho`rtan gaz kimyo majmuasida tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilg`i ishlab chiqariladi

'“O`zbekneftgaz”: Sho`rtan gaz kimyo majmuasida tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilg`i ishlab chiqariladi'ning rasmi

Sho`rtan gaz kimyo majmuasida tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish va Majmuadagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish investisiya loyihalari doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar qilmoqda "O`zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati.

Hozirda “Sredazenergosetproekt” Aksiyadorlik jamiyati loyiha instituti bilan birgalikda Sho`rtan GKM va GTL zavodi tashqi elektr ta`minoti loyihasi ishlab chiqilgan.  

Amalga oshirilayotgan loyihalar uchun ishlab chiqilgan tashqi elektr ta`minoti uchun  har biri 125 MVA quvvatga ega 2 transformatorli “GTL 220/35/10 kV” podstansiyasi qurilish ishlari faol davom ettirilmoqda va barcha qurilish, montaj va sozlash ishlari belgilangan muddatda bajariladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar