AsosiyJamiyat
1585

Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keladi

'Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19 may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovasiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo`jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperasiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o`rin olgan.

Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Malayziya Hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy va ma`naviy merosi bilan tanishadi, qo`shma biznes forumida ishtirok etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar