AsosiyJamiyat
1532

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to`qnashdi

'Jizzaxda uchta yuk mashinasi to`qnashdi'ning rasmi

Samarqand – Toshkent avtomobil yo`lida uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bergan. 

Unga ko`ra, voqea joriy yilning 16-may kuni sodir bo`lgan. Samarqand va Toshkent shaharlarini bog`lovchi M-39 avtomobil yo`lining  Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida HOWO A7CNG rusumli yuk avtomashinasining 1995 yilda tug`ilgan haydovchisi tormoz tizimidagi texnik nosozlik tufayli transport vositasini o`z vaqtida to`xtata olmagan. Va harakatlanayotgan HOWO yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan. Kuchli zarba oqibatida birinchi yuk mashinasi ag`darilgan.

Shu vaqtda SANY SYZ3220S 8Y rusumli yuk avtomobili chap bo`lakda harakatlanib ketayotgan bo`lgan. U to`siqqa reaksiya bildirishga ulgurmay, ag`darilib ketgan yuk mashinasi saloniga borib urilgan va qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan. 

Ma`lum qilinishicha, yo`l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda Jizzax viloyati Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hodisa sabablarini o`rganmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar