1

MIB 9 nafar fuqaroning 40 million so`m ish haqini undirib berdi

Iqtisodiyot 27.03.2020, 19:51
Teglar: MIB, ish haqi
MIB 9 nafar fuqaroning 40 million so`m ish haqini undirib berdi

Majburiy ijro byurosi Sergeli tuman bo`limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan “Elektrogaz” AJdan 9 nafar fuqaroning ish haqini undirib berdi. AJ mazkur fuqarolardan jami 41 mln. 500 ming so`m qarzdor bo`lgan. 

Bu haqda MIBdagi ishonchli manbalar "Darakchi"ga ma`lum qildi. 

Oylik ish haqini undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari 2019 yilning 4 dekabr sanasida kelib tushgan bo`lib, qarzni undirish bo`yicha ish qo`zg`atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Elektrogaz” AJning joylashgan manziliga chiqilib qarzdorga tegishli bo`lgan «ISUZU SAZ NQR» rusumli avtomashina hatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdor “Elektrogaz” AJ tomonidan 9 nafar undiruvchilar foydasiga oylik ish haqlari to`liq undirilib berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1