Ayni paytda mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni yumshatishga ko`maklashish maqsadida ko`pchilik tashkilotlar xayrli aksiyaga bosh qo`shishmoqda. Shu jumladan Davergeodezkadastr qo`mitasi xodimlari ham koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan «O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga beg`araz yordam tariqasida o`zlarining bir kunlik ish haqlarini ixtiyoriy ravishda o`tkazib berdilar.
@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#karantinbezpaniki