AsosiySiyosat

O‘zbekistonda 2026-yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi

Мамлакатда умуммиллий рўйхатга олиш охирги марта 1989 йилда ўтказилган.

'O‘zbekistonda 2026-yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi'ning rasmi

Bugun, 11-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev  aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini belgilashda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini aniqlash juda muhim.

Bunda ro‘yxatga olish dolzarb ahamiyatga ega.

Mamlakatda umummilliy ro‘yxatga olish oxirgi marta 1989-yilda o‘tkazilgan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” qonun qabul qilinib, aholini har 10-yilda, qishloq xo‘jaligini esa har 5-yilda kamida bir marta ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

Shu bois, 2021-yilda aholini, 2022-yilda esa qishloq xo‘jaligini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazildi. Lekin to‘laqonli ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur omillar va xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish ma’lum vaqtni taqozo etishi bois, bu tadbir keyinga qoldirilgan edi. 

Taqdimotda xalqaro tajribadan kelib chiqib hamda Jahon banki, YUNFPA va FAO tashkilotlari ishtirokida ishlab chiqilgan aholi va qishloq xo‘jaligini bir vaqtda ro‘yxatdan o‘tkazish taklifi ko‘rib chiqilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi. Uning dastlabki 17 kuni internet orqali, keyingi bir oy mobaynida esa “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur usul orqali xarajatlar sezilarli qisqarib, 1,3 trillion so‘m mablag‘ tejaladi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonlari oddiy va shaffof tarzda tashkil etiladi. Savollarning soni avval rejalashtirilgan 328 tadan 71 taga qisqartirilgan. 

Ro‘yxatga olish natijasida Yevropa statistiklar konferensiyasining 2020-yildagi tavsiyalari asosida 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. 

Mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati, chorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi. Bu orqali qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilayotgan yillik 25,6 trillion so‘m, jumladan, 2,2 trillion so‘m byudjet mablag‘larining samaradorligi, sohadagi xizmatlar hajmi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ma’lumotlar to‘plami yaratiladi.

Ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun “mahalla yettiligi” maxsus o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi va rag‘batlantiriladi. Buning uchun Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan statistika tizimini mustahkamlash loyihasining mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Maxsus ko‘rsatuv va videoroliklar namoyish etilib, fuqarolarning xabardorligi oshiriladi. 

Umuman, mazkur tadbirlar aholi va qishloq xo‘jaligining real ko‘rsatkichlarini aniq belgilash, davlat dasturlarini maqsadli hamda samarali amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini tizimli va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 11.09.2025 18:48

    Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud — Prezident

    Viloyatda so‘nggi 3 yilda yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lgan korxonalar soni 1,8 barobar oshib, 1,7 mingga yetgan.

    ''ning rasmi

    Siyosat 10.09.2025 21:03

    'Joriy yildan oliygohlari kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib qabul kvotalarini shakllantiradi'ning rasmi

    Siyosat 09.09.2025 15:27

    Joriy yildan oliygohlari kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib qabul kvotalarini shakllantiradi

    Mutasadidlarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda korxonalar uchun kerakli kasb kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.

    'Kasbiy ta'lim agentligi tashkil qilinadi'ning rasmi

    Siyosat 09.09.2025 15:15

    Kasbiy ta'lim agentligi tashkil qilinadi

    Yangi agentlik bitiruvchilarni kasbiy ta'lim bilan qamrab olinishini nazorat qiladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 09.09.2025 14:52

    '“Barchasini yaratib beryapmiz, lekin bu yetarli emas” – Prezident bog‘chalarda sifatisiz yondashuvdan ogohlantirdi'ning rasmi

    Siyosat 09.09.2025 14:30

    “Barchasini yaratib beryapmiz, lekin bu yetarli emas” – Prezident bog‘chalarda sifatisiz yondashuvdan ogohlantirdi

    Shavkat Mirziyoyev bugun shu masalaga alohida to‘xtalib, mavjud tizimda sifatsizlik va eski uslublarga tanqidiy munosabat bildirdi.