AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar koronavirus haqida ko`proq nimalarni bilishga qiziqishmoqda?

'O`zbekistonliklar koronavirus haqida ko`proq nimalarni bilishga qiziqishmoqda?'ning rasmi

 Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yilning 15 mart kuni 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirilgan edi.

 Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra,  Call-markaz tunu kun faoliyat ko`rsatmoqda. Unda 200 nafardan ortiq professor o`qituvchilar, shifokorlar uch smenada uzluksiz fuqarolarning murojaatlariga javob berishmoqda.

Joriy yilning 15 mart kuni soat 21:00 da ishga tushgan Call-markazga bugun, 1 aprel soat 12:00 gacha 510 mingdan oshiq qo`ng`iroq kelib tushgan.

Aholi tomonidan koronvirus tarqagandan keyin  eng ko`p berilgan savollar koronavirus infeksiyasi, uning yuqish yo`llari va belgilari, profilaktika qoidalari haqida bo`lgan.

 Hozirgi kunga kelib, fuqarolar karantin qoidalari, kimlar ko`chaga chiqishi mumkin emasligi, kimlarga esa bunga ruxsat berilganligi, COVID-19ga qaerda tahlil topshirish mumkinligi, karantindagi fuqarolarning qaysi muassasalarda ekanligi, ularning ahvoli kabi qator savollar berilmoqda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar