AsosiyJamiyat

Karantin qoidalari nimani cheklaydi?

'Karantin qoidalari nimani cheklaydi?'ning rasmi

AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifinda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G`iyosov karantin qoidalari haqida to`liq ma`lumot berdi.

Unga ko`ra,

  •  Birinchidan, keskin zarurat bo`lmaganda fuqarolarni ko`chaga chiqish tavsiya etilmaydi.  

 

Toshkent shahar, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan patrul xizmatlari, Sizni ko`chada yurganingizni ko`rsalar, to`xtatib ko`chaga chiqish sababni so`rashlariga xaqli. Agar sababsiz yurganingzni bilsalar ular Sizga ogohlantirish berib uyingizga qaytarib yuboradilar.

  • Ikkinchidan, yaqin qarindoshlar, bular ota-ona, aka-uka, turmush o`rtog`i va farzandlaringizdan tashqari ko`chalarda 3 dan ortiq odam to`lansa bu ham karantin qoidasini buzish hisoblanadi.

 

  • Uchinchidan, shaxsiy avtotransport vositangizda, xukumat komissiyasi tomonidan e`lon qilingan va maxsus stikeri mavjud transport vositalaridan tashqari, ko`chada harakatlansangiz karantin qoidasini buzgan hisoblanadi.

 

  • To`rtinchidan, ko`chada yoki transport vositasida tibbiy niqobsiz bo`lish karantin qoidasini buzish hisoblanadi.

 

Karantin qoidasini buzganlar MJtKning 54 moddasi bilan javobgarlikka tortiladilar.  

Bunda jarima miqdori og`irlik darajasiga qarab 1 mln 100 ming so`mdan 11 mln so`mgacha belgilangan. Agar Sizni harakatlaringiz og`ir oqibatlar xavfini keltirib chiqarsa, Jinoyat Kodeksining 257 prim 1 moddasi bilan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan javobgarlikka tortilishingiz mumkin.  

❗️Qilmishingiz oqibatida odam o`limi kelib chiqsa 10 yilgacha jazo chorasi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar