AsosiyJamiyat

Karantin qoidalarini buzgan haydovchilarning transport vositalari karantin cheklovlari tugamaguncha, qaytarib berilmaydi

'Karantin qoidalarini buzgan haydovchilarning transport vositalari karantin cheklovlari tugamaguncha, qaytarib berilmaydi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G`iyosov ishtirokida brifing o`tkazilmoqda. 

Bugungi kunga kelib karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog`liq jami – 17 668 ta holat aniqlangan, bir sutka davomida 2 700ta. 

Undan tashqari 4 nafar qoidabuzarga nisbatan Jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Ma`muriy javobgarlikka tortilganlardan 17 109 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurgan fuqarolarni tashkil qilgan. 

149 ta holatda vaqtincha to`xtatilgan savdo va ko`ngilochar maskanlarni ishini davom ettirgan. 

314 holatda karantinga olingan fuqarolar karantin hududini tashlab ketganlar. 

Karantin hududi bu shifoxona va Sizning uyingiz hisoblanadi. 23 ta holatda fuqarolarimiz to`y marosimlarini yoki boshqa ta`qiqlangan yig`inlarni o`tkazganliklari uchun javobgarlikka tortilganlar.

Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 29-31 mart kunlari Toshkent shahri hududida o`tkazilgan tadbirlar davomida jami 1 912 ta holatda haydovchilar tomonidan turli ko`rinishdagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan. 

Ulardan 766 tasi, aynan karantin qoidalarini buzish bilan bog`liq bo`lib, qoidabuzarlarga tegishli 545 ta avtotransport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchalariga joylashtirilgan. 

Karantin qoidasini buzgan haydovchilarning transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilganidan so`ng, karantin cheklovlari tugamaguncha, qaytarib berilmaydi.

    Boshqa yangiliklar