1

O`zbekistonda pensiyalar dezinfeksiya qilinib, vakuumli xaltachalarda egalariga etkazilmoqda

Iqtisodiyot 01.04.2020, 18:39
Teglar: bank, pensiya
O`zbekistonda pensiyalar dezinfeksiya qilinib, vakuumli xaltachalarda egalariga etkazilmoqda

Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq epidemiologik karantin e`lon qilingani. Shu munosabat bilan fuqarolardan ko`chaga chiqmaslik talab etilmoqda. 

Mana shu damlarda, pensionerlarning uyida qolishi uchun bank xozimlari ham astoydil harakat qilishmoqda. Ular pullarni dezinfeksiyalash, har bir pensionerning nafaqa pulini alohida ajratish, ularni vaakumli xaltachalarga joylab chiqish, keyin har bir mahalla, hududlar bo`yicha jamlab, egalariga tarqatish kabi mashaqqatli jarayonda faol ishtirok etishmoqda.  

Albatta, bu ishlarning savobi ham shu kunlarda qilinayotgan boshqa savobli amallardan kam emasligi shubhasiz! Yoshi ulug`larning nafaqalarini gigiena va karantin talablari asosida tozalab, keksalarga etkazib berayotgan bank xodimlariga xayrli ishlarida kuch-quvvat tilaymiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1