1

Pokistondan 370 tonna kartoshka keltirildi

Iqtisodiyot 01.04.2020, 22:13
Teglar: Termiz, kartoshka
Pokistondan 370 tonna kartoshka keltirildi

Karantin vaqtida xalqni sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash har qachongidan muhim. Negaki bunday paytda aksariyat fuqarolar ish faoliyatini to`xtatgan. Ular orasida kam ta`minlangan, kundalik daromadi evaziga tirikchilib qiluvchi oilalar ham bor. 

Ana shunday aholi qatlamlariga ko`maklashish maqsadida respublikamiz hududlarida bo`lgani kabi Termiz shahrida ham bir qator ijtimoiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida  bozorlarimiz sifatli va arzon maxsulotlar bilan o`z vaqtida ta`minlanmoqda. 

Bugun 1-aprelda Termiz shahar hokimligi tashabbusi bilan tadbirkor Akobir Fazliddin tomonidan 370 tonna kartoshka maxsuloti olib kelindi. Rokistondan Afg`oniston orqali Termiz shahriga keltirilgan maxsulot endilikda bozorlarda arzonlashtirilgan xolda 4000 so`mdan sotiladi. Bu kabi ishlar aholini sinovli kunlarda qo`llab-quvvatlashga hissa qo`shadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1