1

Karantin paytida to`qimachilik korxonalarini qo`llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan qanday choralar ko`rilmoqda?

Iqtisodiyot 02.04.2020, 14:53
Karantin paytida to`qimachilik korxonalarini qo`llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan qanday choralar ko`rilmoqda?

Hozirgi pandemiya vaziyatida to`qimachilik mahsulotlari eksporti keskin qisqarmoqda. Transport xarajatlari ham keskin oshgan, mahsulot tannarxini pasaytirish imkoni yo`q. Xaridorlar esa narxni pasaytirishni so`rashmoqda. Bu vaziyatda davlat tomonidan to`qimachilik korxonalarini qo`llab-quvvatlash uchun qanday choralar ko`rilmoqda?

Ushbu savolga «O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov quyidagicha javob berdi:  

Prezidentimiz farmoni doirasida hukumat tomonidan Inqirozga qarshi choralar belgilangan bo`lib, Uyushmada to`qimachilik korxonalariga eksport masalalarida ko`maklashish bo`yicha tezkor Shtab tashkil etilgan.

Korxonalar faoliyati bilan bog`liq muammolarni tezkor hal etish, jumladan: uzluksiz elektroenergiya, xomashyo, aylanma mablag`lar va ishchilar bilan ta`minlash bilan bog`liq barcha masalalar bo`yicha tezkor choralar ko`rilmoqda, ayrim to`lovlarni kechiktirish mexanizmlari joriy etilmoqda. Misol uchun, oyiga 1 mln. dollardan ko`p eksport qilivchi 37 ta korxona doimiy monitoringga olingan.

Davlat soliq qo`mitasiga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman, oxirgi 3 kunda eksportdan vujudga kelgan ortiqcha to`langan QQSni qaytarilishi natijasida 50 mlrd. so`mdan ortiq mablag`lar korxonalar hisob raqamlariga qaytarildi.

Joriy yil 1-choragida 456 mln dollarlik to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 126 % ga oshdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1