1

Tadbirkorlarga quruq kartoshka pyuresini eksport qilishga ruxsat berildi

Iqtisodiyot 02.04.2020, 17:34
Teglar: tadbirkor, kartoshka, eksport
Tadbirkorlarga quruq kartoshka pyuresini eksport qilishga ruxsat berildi

Tadbirkorlarga quruq kartoshka pyuresini eksport qilishga ruxsat berildi. bu haqda Huquqiy axborot kanali max`lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha “Toshkent viloyatida zamonaviy kartoshkachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`irsida” Hukumat qarori (193-son, 01.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati hududida “Bo'stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ, “Solanuz” MChJ, “Agrover-urug'chilik” MChJ, “Vernatural” MChJ va "Sof tabiat agro" MChJ negizida iste`molga yo`naltirilgan kartoshka ishlab chiqarish  va chuqur qayta ishlash bo`yicha agrosanoat klasteri tashkil etiladi.

Qaror bilan agroklaster faoliyatining asosiy yo`nalishlari belgilandi.

Jumladan, agroklaster urug`lik kartoshka etishtiradi, uni virussiz in vitro texnologiyasi asosida ko`paytiradi.

Urug`lik kartoshkani sertifikatlash bo`yicha tariflar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga har bir tonnasi uchun BHMning 2 foizi (4460 so`m)ni tashkil etadi.

Qaror bilan tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan quruq kartoshka pyuresi (TIF TN kodi 1105200000) eksportini amalga oshirishga ruxsat berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1