1

“O`zekspomarkaz”da Yagona muvofiqlashtiruvchi markaz xayriya ishlarini boshladi (foto)

Iqtisodiyot 02.04.2020, 18:50
Teglar: O`zekspomarkaz, xayriya, koronavirus
“O`zekspomarkaz”da Yagona muvofiqlashtiruvchi markaz xayriya ishlarini boshladi (foto)

Aprel oyidan yakka tartibdagi xayriya ishlari to`xtatilishi va xayriya ishlari bo`yicha yagona markaz tashkil etilishi haqida avval xabar bergan edik. Poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz”da ana shu yangi tashkil etilgan Yagona muvofiqlashtiruvchi markaz o`z faoliyatini boshladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun shahrimizdagi 514 ta mahallalar tomonidan kam ta`minlangan oilalar, yolg`iz keksalar bo`yicha berilgan ro`yxat asosida 100ga yaqin ko`ngillilar 1996 nafar hamshaharlarimizga kundalik eng zarur bo`lgan oziq-ovqat (tovuq go`shti, un, guruch, kartoshka, piyoz, shakar, yog`, makaron) mahsulotlarini etkazib berdilar.

Oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon mahsulotlariga ehtiyoj sezib, ularni xarid qilishga qiynalayotgan yolg`iz keksalar va kam ta`minlangan oilalar markazga 1197 telefon raqami orqali qo`ng`iroq qilib, o`z murojaatlarini ma`lum qilishlari mumkin.  

Markaz hukumat, hokimlik va homiylar mablag`lari hamda ko`magi asosida kelib tushgan murojaatlarni qanoatlantirib boradi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1