1

Xushxabar: Buxorodagi “Uzunshor” konida yangi tabiiy gaz qudug`i ochildi

Iqtisodiyot 02.04.2020, 19:08
Teglar: Buxoro, tabiiy gaz
Xushxabar: Buxorodagi “Uzunshor” konida yangi tabiiy gaz qudug`i ochildi

Xalqimizning sinovli kunlarida “O`zbekneftegaz" jamoasi barchamiz uchun quvonchli xabarni e`lon qildi. 

Buxorodagi “Uzunshor” konida tabiiy gaz olinadigan yangi quduq ochildi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.

Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Uzunshor” gazkondensat konidagi 12-sonli quduqda burg`ulash ishlari tugatilib, quduqga 2464-2417m intervallar oralig`ida filtr tushirildi.

Quduqni o`zlashtirish ishlaridan so`ng, kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.  

Ma`lumot uchun: “Uzunshor” gazkondensat koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan bo`lib, 2019 yil noyabr oyida ishga tushirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1