AsosiyJinoyat

Namanganda qalbaki dollar muomalasiga chek qo‘yildi

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

'Namanganda qalbaki dollar muomalasiga chek qo‘yildi'ning rasmi

Namangan viloyatida qalbaki valyuta muomalasiga oid jinoiy sxema fosh etildi. Bu haqda DXX Darakchi.uz'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Kosonsoy tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi ishchisi qalbaki 20 ming AQSH dollarini 14 ming haqiqiy dollarga sotishni taklif qilgan. U DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 8 ming qalbaki dollarni xaridorga topshirayotgan paytda qo‘lga olingan.

Tekshiruv davomida u mazkur soxta valyutani 1985 yilda tug‘ilgan Kosonsoy tumanida yashovchi shaxsdan olgani ma’lum bo‘ldi. Uning huzuridan yana 6 ming qalbaki dollar aniqlanib, rasmiylashtirib olindi. Tergov yana bir manbani fosh etdi: ushbu valyuta o‘z navbatida 1992 yilda tug‘ilgan yana bir fuqarodan kelgani aniqlangan.

Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi asosida ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar