AsosiyDunyo

Germaniyada Ikkinchi jahon urushida portlamagan bomba topildi

Mazkur topilma sabab mamlakatning Osnabruk shahrida 20 ming kishi evakuatsiya qilingan.

'Germaniyada Ikkinchi jahon urushida portlamagan bomba topildi'ning rasmi

Germaniyaning Osnabruk shahrida Ikkinchi jahon urushidan qolgan portlamagan bomba topildi. Bu sababli Lokfirtel markaziy tumanida 20 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.

Xavfsizlik choralari doirasida bir nechta maktablar, kasalxonalar hamda shaharning asosiy vokzali bo‘shatildi. Poyezdlar vaqtincha harakatni to‘xtatgan.

Bu Lokfirtelda yil boshidan beri topilgan to‘rtinchi bomba bo‘lib, urush yillarida bu hududda yuk temiryo‘l deposi bo‘lgan. Hozirgi vaqtda mintaqada keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda va shunga o‘xshash portlamagan bombalar avval ham aniqlangan.

Hududda jazirama issiq kuzatilmoqda — harorat 30 darajadan oshgan. Shahar hokimiyati tomonidan tashkil etilgan evakuatsiya markazlarida fuqarolarga ichimlik suvi tarqatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar