AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga ketmoqchi...

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga ketmoqchi...'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3 iyul kunlari Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Prezidenti 4 iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 01.07.2025 19:27

    Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi

    “Elektron hukumat rivojlanish indeksi”da kamida 55-o‘ringa ko‘tarilishi uchun ishlab chiqilgan qator hujjat loyihalari ko‘rib chiqildi.

    'Qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 01.07.2025 18:49

    Qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

    Qonun loyihasini tayyorlashda Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qirg‘iziston tajribasi o‘rganilgan.

    'O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini yil boshidan buyon 70 foizga oshirdi'ning rasmi

    Siyosat 01.07.2025 18:38

    O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini yil boshidan buyon 70 foizga oshirdi

    O‘zbekiston yanvar-may oylarida 261,85 mln dollarlik gaz eksport qilgan.

    'Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

    Siyosat 30.06.2025 16:12

    Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

    Prezident yoshlar bilan uchrashuvida yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi.

    'Hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarashi kerak – Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

    Siyosat 30.06.2025 14:10

    Hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarashi kerak – Shavkat Mirziyoyev

    "Bu ishlar "kampaniyabozlik“ bo‘lmasligi zarur", "ana shunda Yangi O‘zbekistonda uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi",– Davlat rahbari.

    '"Proteksionizm va sanksiyalarning kuchayishi, xorijiy sheriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borishini his qilyapmiz"'ning rasmi

    Siyosat 27.06.2025 18:28

    "Proteksionizm va sanksiyalarning kuchayishi, xorijiy sheriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borishini his qilyapmiz"

    Shavkat Mirziyoyev Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida nutq so‘zladi.