AsosiyDunyo

Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

20 yillik sanksiyalarni bekor qilinishi Suriyaga qanday yengillik bermoqda?

'Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Shar’a bilan uchrashuvi oldidan bergan va’dasiga muvofiq, Qo‘shma Shtatlarning Suriyaga nisbatan sanksiyalarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.

Oq uyning ma’lum qilishicha, bu qaror "barqarorlik va tinchlik sari yo‘ldagi muhim qadam" hisoblanadi.

"Prezident Tramp va’da berganidek, Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar dasturini bekor qilish ishlarini boshladi. Bugungi choralar Suriyaning iqtisodiyotini global savdo tizimi bilan qayta bog‘lash va mamlakat infratuzilmasini qayta qurish imkoniyatini beradi", — dedi AQSH Moliya vaziri Skott Bessent.

Farmonda barqarorlikni izdan chiqaruvchi shaxs va guruhlarga nisbatan choralar ko‘rishda javobgarlik ta’minlanishi eslatib o‘tilgan.

Suriya tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shayboniy Trampning ushbu qarorini olqishlab, bu choralar "uzoq kutilgan qayta qurish va taraqqiyot uchun yo‘l ochishini" aytdi.

Qanday sanksiyalar bekor qilindi?

Tramp farmoni bilan Suriyaga qarshi kiritilgan quyidagi sanksiyalar bekor qilindi:

·       13338 (2004) – Suriya davlat mulklarini bloklash;

·       13572 (2011) – Inson huquqlari buzilganligi uchun shaxsiy sanksiyalar;

·       Caesar Act – 2019 yildan boshlab suriyalik amaldorlar va ularning iqtisodiy sheriklariga nisbatan jazo choralari;

·       Bundan tashqari, AQSH Savdo vazirligi Suriya uchun eksport nazoratlarini yumshatadi hamda kimyoviy qurollar bo‘yicha avvalgi qonun asosidagi sanksiyalarni 20 kun ichida bekor qilishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, farmonda Bashar al-Asad davridagi jinoyatlar unutilmasligi hamda inson huquqlari buzilishiga doir sanksiyalar qolishi aytilgan.

Yangi farmon bilan endilikda butun Suriya xalqi emas, balki quyidagi toifadagi shaxslar sanksiyaga tushadi:

·       Asad rejimining sobiq amaldorlari va ularning moliyaviy sheriklari;

·       Kaptagon narkotigining ishlab chiqaruvchilari va tashuvchilari;

·       AQSH fuqarolarining g‘oyib bo‘lishiga aloqador shaxslar;

·       Terrorchilikda ayblanganlar va ularning yaqin qarindoshlari.

AQSH Moliya vazirligining bildirishicha, 518 nafar shaxs va tashkilot sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlangan, biroq ba’zi jazolar darhol bekor qilinmaydi.

Masalan, Tramp AQSH agentliklariga Suriya fuqarolariga qarshi urush jinoyatlari bilan bog‘liq "Caesar Act" ostidagi sanksiyalarni bekor qilish mezonlariga amal qilinayotganini aniqlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Shu bilan birga, Rossiyaga qochib ketgan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad, uning oilasi a’zolari va ag‘darilgan rejim tarafdorlariga nisbatan sanksiyalar esa o‘z kuchida qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin va Makron telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:22

    Putin va Makron telefon orqali gaplashdi

    Ikki davlat yetakchisi 2022 yildan beri ilk bor suhbat olib borgan.

    'Daniya ayollar uchun ham majburiy harbiy xizmat joriy etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:20

    Daniya ayollar uchun ham majburiy harbiy xizmat joriy etdi

    Ushbu tizim 2026 yildan to‘liq kuchga kirishi kutilmoqda.

    'Germaniyada Ikkinchi jahon urushida portlamagan bomba topildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:18

    Germaniyada Ikkinchi jahon urushida portlamagan bomba topildi

    Mazkur topilma sabab mamlakatning Osnabruk shahrida 20 ming kishi evakuatsiya qilingan.

    'Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 20:26

    Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi

    Endi Turkiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazilib, yashash va ishlash ruxsatnomalari beriladigan bo‘ldi.

    'Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 34 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 16:09

    Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 34 kishi halok bo‘ldi

    Portlash Hindistonda so‘nggi yillarda ro‘y bergan eng yirik sanoat fojialaridan biri bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 15:07