1

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oylik ishga taklif etmoqda

Iqtisodiyot 05.04.2020, 14:59
Teglar: Mehnat vazirligi, ish o`rni
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oylik ishga taklif etmoqda

Koronavirusga qarshi kurash tadbirlari doirasida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uy xo`jaligi bekasi kasbi bo`yicha ish o`rinlari tashkil qiladi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan karantin va cheklov tadbirlarining mehnat bozori va mehnat munosabatlariga  salbiy ta`sirini kamaytirish, shuningdek, yolg`iz va yordamga muhtoj aholi qatlami, qariyalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning salomatligini asrash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 3 oy muddatga mo`ljallangan uy xo`jaligi bekasi kasbi bo`yicha ish o`rinlarini yaratmoqda.  

Bunda talabgorlar taom tayyorlashi, uy-joylarni tozalashi va qariyalar xamda nogironlarni parvarish qilishlari lozim. Kunlik ish vaqti 4-5 soat, ish haqi eng kam hisoblash bazasining 4 baravari miqdorini tashkil etadi.

Maoshlar bank plastik kartalariga o`tkazib beriladi.  

Asosiy talablar qarovchi ilgari sudlanmagan bo`lishi lozim.

Yosh chegarasi: 25–55 yosh.

Rus tilini bilish nomzodlarga ustunlik beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1