1

O`zbekiston internet tezligi jahon reytingida 7ta pozisiyaga ko`tarildi

Hi-tech 08.04.2020, 23:03
Teglar: internet, reyting
O`zbekiston internet tezligi jahon reytingida 7ta pozisiyaga ko`tarildi

«Ookla» kompaniyasi Speedtest.net servisining Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jahon reytingi bo`yicha 2020 yil mart oyi natijalarini chop etdi.

Unga ko`ra, O`zbekiston belgilangan Internet tezligi natijalari bo`yicha 7ta pozisiyaga ko`tarilib, keskin o`sishni namoyish etdi.

Internet tezligi bo`yicha reytingida O`zbekiston hozirgi kunda 95-pog`onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida yana 36 pozisiyaga ko`tarildi. Bu mazkur davr bo`yicha eng yuqori o`sish bo`ldi.

Umuman oxirgi yil natijalariga ko`ra O`zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 baravar o`sdi – 11,62 Mbit/ dan (2019 yil mart holatiga) 26,92 Mbit/ gacha (2020 yil mart holatiga).

Mobil internet tezligi bo`yicha ham O`zbekiston ijobiy natijalarni ko`rsatdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 2020 yil fevral holatiga ko`ra bitta pozisiyaga ko`tarilib, 133-o`rinni egalladi, deb xabar beradi Axborot texnolgogiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Ma`lumot uchun: Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma`lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e`lon qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1