AsosiyJamiyat

Ertaga 8 ballik magnit bo`roni kuzatilishi prognoz qilinmoqda

'Ertaga 8 ballik magnit bo`roni kuzatilishi prognoz qilinmoqda'ning rasmi

Ayni damda 8 ballik magnit bo`roni bo`layotgani haqida feyk xabarlar ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgandi. Ushbu xabar yuzasidan O`zgidromet munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, ayni damda Olmaota ionosfera institutiga ko`ra, 3 ballik magnit bo`roni kuzatilmoqda. Bu "o`ta kuchsiz" qo`zg`alish hisoblanadi.

8 ballik geomagnit qo`zg`alishlar ertaga 11 may kuni tushda bo`lishi kutilmoqda.

Quyoshning 3664—sonli dog`ida bir nechta M va X sinfga mansub Quyosh chaqnashlari sodir bo`lgani va undan ajralgan plazma to`g`ri Erga tomon oqib kelayotgani haqida Sinoptiklar xabar bergandi.

Er magnitosferasi monitoringini yurituvchi rus xizmati 11 mayga o`tar kechasidan boshlab, 12 may tushga qadar Erning magnitosferasi yuqori plazmani qabul qilishi hamda buning fonida sayyorada 11 may tushga yaqin 8 ballik kuchli geomagnit bo`roni kuzatilishini prognoz qilmoqda.

Boshqa yangiliklar