1

Qizchalarini ko`chada shirinlik sotishga majbur qilgan ota-onalar ogohlantirildi (video)

Jamiyat 10.05.2024, 20:58
Qizchalarini ko`chada shirinlik sotishga majbur qilgan ota-onalar ogohlantirildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani hududida voyaga etmagan bolalarning yo`l bo`yida shirinliklar sotib yurganligi haqida aytilgan edi.


Holat ko`rsatilgan manzil yaqinida joylashgan masjid imomi va boshqa mas`ullar ishtirokida o`rganilgan. Bu haqida tuman hokimligi ma`lum qildi.

O`rganishlar jarayonida Ubay ibn Ka`b masjida oldida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi uch nafar ayollar farzandlari bilan engil pul topish maqsadida tilanchilikka chiqqanligi va shirinlik sotib yurgan qizchalar shu ayollarning farzanlari ekanligi aniqlandi.

Ushbu ayollarga tushuntirish berildi va yana shunday tartibbuzarlik qilinsa, bolalarning hayotini xavf ostida qoldirib, shirinlik sotishlariga yo`l qo`yilsa, bolalarni himoya qilish komissiyasi tomonidan ota-onalarga chora ko`rilishi bo`yicha ogohlantirish berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1