1

Jahon banki: O`zbekistonda iqtisodiy o`sish surati keskin pasayadi

Iqtisodiyot 09.04.2020, 13:02
Jahon banki: O`zbekistonda iqtisodiy o`sish surati keskin pasayadi

Jahon banki o`zining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun prognozlarini yangiladi.

Demak, O`zbekistonda 2020 yil iqtisodiy o`sish surati keskin pasayib, yillik hisobda 1,6%ni tashkil etishi kutilmoqda. Iqtisodiy pasayishga, birinchi navbatda, tashqi savdoning  va virusni tarqalishini oldini olish bilan bog`liq bo`lgan ichki bozordagi holatning yomonlashuvi ta`sir etadi. 

Yana e`tiborga molik raqamlardan - davlat byudjeti defisiti YaIMga nisbatan 5,6%ga etishi, migrantlar pul oqimlari hajmi ham 50%dan ko`proqqa pasayishi kutilmoqda. Natijada, to`lov balansi yomonlashib, joriy hisoblar bo`yicha defisit YaIMning 8,5%ni tashkil etadi. 

Umidimiz esa, oltin va oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab yuqori bo`ladi va shu orqali negativ ta`sirlarni biroz yumshatish imkoniga ega bo`lamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1