1

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Siyosat 09.04.2020, 18:03
Teglar: prezident, muloqot
O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Miziyoev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon telefon orqali muloqot qilishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va Markaziy Osiyo mintaqasidagi koronavirus tarqalishi bilan bog`liq joriy epidemiologik vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

Pandemiyaning ikki tomonlama yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur`atiga salbiy ta`sirini kamaytirish uchun oldindan chora ko`rish lozimligi alohida ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1