1

"O`zbekoziqovqatxolding": Piyoz eksporti to`xtatilgani yo`q

Iqtisodiyot 12.04.2020, 21:54
"O`zbekoziqovqatxolding": Piyoz eksporti to`xtatilgani yo`q

Ba`zi internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda piyoz eksporti to`xtatilgani va narxi tushib ketgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. "O`zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi ushbu masala bo`yicha izoh berdi.

Kompaniyaning ma`lum qilishicha, O`zbekistonda piyoz eksporti to`xtab qolgani yo`q. Aksincha, joriy yil boshidan yurtimiz tashqi bozorga ushbu mahsulotni uzluksiz etkazib berishda davom etmoqda.

Xususan, yanvar-fevral oylari davomida 40 754 tonna piyoz eksport qilingan. Mart oyining 10 sanasigacha bo`lgan muddatda esa 6 752,7 tonna piyoz Afg`oniston, AQSh, Bolgariya, Iroq, Gruziya, Belarus, Moldova, Kipr, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Eron davlatlariga eksport qilingan.

“O`zbekiston ichki va tashqi bozorlarga etarli darajada piyoz etkazib berish salohiyatiga ega. "O`zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi tomonidan piyoz eksport geografiyasini yanada kengaytirish bo`yicha zarur choralar ko`rilmoqda. Natijada joriy yildan O`zbekiston piyozi uchun Eron, Pokiston, Tojikiston kabi yangi bozorlar ochildi.

Shuningdek, kompaniya dehqon va fermer xo`jaliklari tomonidan etishtirilgan piyoz mahsulotlarini tashqi bozorlarda xaridorlarini topish uchun yordam ko`rsatib kelmoqda", - deyiladi kompaniya xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1