1

O`zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2 kun ichida ikkinchi marta keskin ko`tarildi

Iqtisodiyot 15.04.2020, 10:47
O`zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2 kun ichida ikkinchi marta keskin ko`tarildi

Markaziy bank 2020 yil 16 apreldan boshlab O`zbekistonda xorijiy valyutaning so`mga nisbatan yangi qimatini belgiladi. 

Unga ko`ra dollarning rasmiy kursi 427,64 so`mga oshib, bir dollar 10 121,00 so`mni tashkil qildi.

Evro kursi 512,16 so`mga ko`tarilib, 11 111,85 so`mga etdi.

Rubl kursi ham 7,26 so`mga oshgan va 1 rubl 138,69 so`mga teng bo`lgan.

Eslatib o`tamiz,  Markaziy bank 2 kun avval ham, 14 aprel kunidan xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan yangi qiymatini belgilagan edi. 

Unga ko`ra dollarning rasmiy kursi 103,26 so`mga oshib, bir dollar 9693,36 so`mni tashkil qilgan.

Evro kursi 234,71 so`mga ko`tarilib, 10 599,69 so`mga etgan.

Rubl kursi ham 7,03 so`mga oshgan va 1 rubl 131,43 so`mga teng bo`lgan edi. Ayni paytda O`zbekistonda ketma-ket 2 kunda xorijiy valyutalar rasmiy kursi ko`tarilgani kuzatildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1