1

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to`lovlar hisoblanishi to`xtatib turiladi

Iqtisodiyot 17.04.2020, 14:22
Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to`lovlar hisoblanishi to`xtatib turiladi

“2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta`minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Hukumat qarori (232-son, 16.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlaridaishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi hamda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lovlar hisoblanishi to`xtatib turiladi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to`lashning 1-3 razryadlari qo`llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, byudjet tashkilotlarida: ️

* asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta`mirlash bilan bog`liq xarajatlar joriy yilning 1 iyuliga qadar to`xtatiladi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag`lar qisqartiriladi yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o`tkaziladi;

*kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog`oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o`tkazish, joriy ta`mirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1