1

Un narxi va etkazib berilishida barqarorlik ta`minlanadi

Iqtisodiyot 18.04.2020, 16:45
Un narxi va etkazib berilishida barqarorlik ta`minlanadi

Asosiy iste`mol mahsuloti hisoblangan un bugungi kunga qadar birja savdolari orqali barcha iste`molchilarga sotilayotgan va sotib olingan unning asosiy qismi respublikamizning chekka hududlariga etib bormasdan shahar hamda tuman markazlarida qolib ketayotgan edi. 

Hukumatimiz tomonidan 16 aprelda  un mahsuloti barcha hudularga bir maromda etkazib berilishini ta`minlash maqsadida birja savdolarisiz to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bilan sotilishi bo`yicha topshiriqlar belgilab berildi. 

“O`zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarning 52 ta tegirmon sexlarida har kuni 6000 tonnadan ortiq un ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda mazkur korxonalar omborlarida 32 ming tonnadan ortiq un zaxiralari bor va ehtiyojdan kelib chiqib, ishlab chiqarish xajmlarini oshirish imkoniyatlari mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1