O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayni paytda mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar ahvoli haqida ma`lumot berdi:
– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1716 bemor ro`yxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma`lumotga ko`ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 84 bemorning 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 3 nafarining ahvoli og`ir, 1 nafarining ahvoli o`ta og`ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 82 bemordan 2 nafarining ahvoli og`ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 152 bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 6 nafarining ahvoli og`ir, 2 nafarining ahvoli o`ta og`ir, deb baholanyapti.