AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalingan har bir bemor uchun qancha mablag` sarflanayotgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda koronavirusga chalingan har bir bemor uchun qancha mablag` sarflanayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan o`rta ahvoldagi har bemor uchun 32 million so`mdan mablag` sarf qilinmoqda.  Og`ir ahvoldagi, jonlantirish bo`limida yotgan har bir bemorlarga o`rtacha 64 million so`mdan mablag` sarflanmoqda.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov ma`lum qildi.

Vazirning aytishicha, karantinda bo`lib turgan fuqarolarning har biri uchun 14 kunlik karantinda davri uchun 2,4 million so`mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitasiyaga olingan har bir bemor tiklanishi uchun 2,8 million so`mdan sarflanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar