O`zbekistonda karantin qachon tugatiladi?
Bu savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Atabekov AOKA shtabida o`tkazilgan brifingda quyidagicha javob berdi.
Ko`pchilik mutaxassislarning fikricha, yoz kelishi bilan koronavirus epidemiyasi kamayadi. Ayrim olimlarning fikricha, yangi infeksiya bilan kelgusida taxminan dunyo aholisining 70 foizi kasallanadi.
Natijada infeksiyaga qarshi immunitet hosil bo`ladi va pandemiya sezilarli sekinlashadi yoki umuman tugaydi.
Faqatgina qat`iy choralar kasallik avjini bartaraf etishga yordam beradi, shuning uchun o`z-o`zini izolyasiyalash rejimiga rioya qilish zarur.