1

Farg`ona viloyati IIB PPXga 20 dona yangi skuterlar taqdim etildi

Hi-tech 29.04.2020, 18:34
Teglar: skuter, Farg`ona, IIB
Farg`ona viloyati IIB PPXga 20 dona yangi skuterlar taqdim etildi

Shu yil mart oyida Farg`ona viloyat IIB Patrul-post xizmati uchun 6 ta zamonaviy skuterlar olib kelingani haqida avval xabar bergan edik, deb yozmoqda fviv.uz.

O`tgan bir oydan ziyod vaqt davomida skuterlar  xizmatni samarali tashkil etish va xodimlar tezkorligini oshirishda o`zining ijobiy tomonlarini yaqqol ko`rsatdi.

Yangi texnikalarning ijobiy jihatlari IIB rahbariyati tomonidan inobatga olinib, viloyatga yana 20 ta zamonaviy skuterlar olib kelindi.

Hozirda skuterlarning texnik imkoniyatlarini o`rganish bo`yicha xodimlar ishtirokida o`quv mashg`ulotlari tashkil etilib,  ularning amaliy ko`nikmalari shakllantirilmoqda. 

Ushbu zamonaviy texnikalar Farg`ona, Qo`qon va Marg`ilon shaharlari hududlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta`minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish maqsadida  motopatrul yo`nalishlarida xizmatga jalb etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1