1

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi — Prezident

Siyosat 29.04.2020, 21:29
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi — Prezident

Bugun, 29 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishini o`tkazdi. 

Yig`ilishda davlat rahbari epidemiologik vaziyat va pandemiyaga qarshi kurash bo`yicha ishlarga to`xtaldi. 

"Bugungi kunda mamlakatimiz bo`yicha ushbu kasallikka chalingan 1066 nafar yoki 55 foiz bemor to`liq sog`ayganini alohida qayd etmoqchiman. Oxirgi 5 kunda – 505 nafar.

Qolgan 894 nafar bemorni ham davolash yuzasidan, o`zimizda amaliy yordam berayotgan 18 nafar xitoylik, germaniyalik, koreyalik vrachlar hamda telemedisina orqali boshqa etakchi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilgan holda, barcha zarur choralar ko`rilmoqda.

Mamlakatimiz tibbiyot xodimlarining bugungi kunda kasallikka qarshi olib borayotgan mashaqqatli va o`ta mas`uliyatli mehnatini munosib qadrlash va rag`batlantirish uchun kuni kecha yana bir muhim qarorni imzoladim.

Unga ko`ra, sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

Umuman, karantin qoidalarini o`z vaqtida joriy etganimiz va xalqimiz unga sabr-toqat bilan amal qilayotgani tufayli ko`plab tuman va shaharlarda infeksiya tarqalishiga yo`l qo`ymadik", dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident fursatdan foydalanib, pandemiyaga qarshi kurashda qahramonlik ko`rsatayotgan barcha shifokorlarga, huquq-tartibot idoralari xodimlariga, harbiylarga, vazirlik va idoralar, hokimliklarning rahbarlari va xizmatchilariga, nuroniylar va mahalla faollariga, tadbirkorlarga, olimlar, o`qituvchi va domlalar, ijodkor ziyolilar, imom-xatiblarga, ommaviy axborot vositalari vakillariga, volontyorlarga minnatdorlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1