1 may kuni Toshkent shahrining Bektemir va Uchtepa tumani elektr ta`minotidan vaqtinchalik uziladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari”ning ma`lum qilinishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta`mirlash ishlarini olib borish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:
- Bektemir tumani: “Iyk ota” hamda “Gulbog`” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
- Uchtepa tumani: 18-sonli Avtosaroy va “Nayman”, “O`rikzor”, “Sakkokiy”, “Ko`rkamobod”, “Sharof”, “Taqachi” hamda “Beshqayrag`och” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qo`shimcha qilingan.






