IIV JXD YHXX "tonirovka" uchun belgilangan to`lov miqdori o`zgarmaganligini ma`lum qiladi.
To`lov miqdorlari avvalgidek:
engil avtomobillarning orqa yon oynalarini tusini o`zgartirish (qoraytirish) — bepul;
jismoniy va yuridik shaxslarning engil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o`zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to`lov miqdori — BHMning 8 baravari (2.720.000 so`m);
O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun esa — BHMning 14 baravari (4.760.000 so`m);
M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o`zgartirish (qoraytirish) — BHMning 40 baravari miqdorida belgilan (13.600.000 so`m).
Ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) olsangiz ushbu to`lovlarga 10% chegirma bo`ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda "Humo glass-biznes" MChJga tegishli M2 toifadagi "Gaz A21R33" rusumli transport vositasi uchun belgilangan to`lov summasi 10% chegirma bilan 12.240.000 so`m bo`lganligini ma`lum qilamiz.
Tarmoqlardagi ayrim sahifalarning adminlaridan noto`g`ri ma`lumot tarqatib, jamoatchilikni chalg`itmasliklarini so`raymiz.