1

Ota farzandlari uchun 30.000 dollar aliment to`ladi

Jamiyat 30.04.2024, 21:33
Ota farzandlari uchun 30.000 dollar aliment to`ladi

Zangiota tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor M.Gazievdan, undiruvchi S.Gazievaning foydasiga 3 nafar farzandlarining ta`minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro hujjati bo`yicha qarzdor M.Gazievning alimentdan bo`lgan qarzdorligi MIB portal elektron dasturida 2024 yil 30 aprel holatiga jami 16.418.689 so`mni tashkil etgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida taraflar o`zaro kelishuvi asosida, qarzdordan 3 nafar farzandi 18 yoshga etgunga qadar bo`lgan aliment pullari 30.000 AQSh dollari miqdorida (381.000.000 so`m) aliment pullari to`liq undirilib, ijro hujjati amalda to`liq tamomlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1