1

Afg`onistonda masjidda namozxonlar otib tashlandi

Dunyo 30.04.2024, 12:42
Afg`onistonda masjidda namozxonlar  otib tashlandi

Afg`onistonning Hirot viloyatida 29 aprel kuni qurollangan noma`lum shaxslar masjiddagi odamlarga hujum qildi. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.

Ma`lum qilinishicha, hodisa G`uzra tumanidagi “Shahrak Muhammadiy” masjidida sodir bo`lgan. Motosikldagi qurollangan shaxslar Kalashnikov avtomati bilan odamlarni o`qqa tutgan. Hodisa oqibatida olti kishi, jumladan, to`rt erkak, bir ayol va bola halok bo`lgan. Ma`lumotni “Tolibon” ichki ishlar vazirligi rasmiysi tasdiqladi.

Qurbonlar orasida “Imom Zamon” nomi bilan mashhur bo`lgan masjid imomi Shayx Javed ham borligi aytilmoqda. 

Qurollangan shaxslar voqea joyidan yashiringan. Otishmada yaralangan ayollar va bolalar borligi aytilmoqda. Hozircha hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmagan. G`uzra tumanida asosan hazoriylar istiqomat qiladi va hudud bir necha bor IShID jangarilari tomonidan hujumga uchragan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1