Qqishloq xo`jaligi mahsulotlarini joylarga etkazib berish bo`yicha 24 soat ishlaydigan uzluksiz tizim tashkil etiladi

Iqtisodiyot 29.04.2020, 21:54
Qqishloq xo`jaligi mahsulotlarini joylarga etkazib berish bo`yicha 24 soat ishlaydigan uzluksiz tizim tashkil etiladi

Bugun, 29 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazgani haqida avval xabar berilgandi.

Yig`ilishda davlat rahbari respublikamizda sanitar-epidemiologik vaziyat asta-sekin barqarorlashib borayotganini hisobga olib, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda, karantindan bosqichma-bosqich chiqish bo`yicha navbatdagi qadamlarni qo`yish vaqti kelganini aytdi.

"Chunki hayot davom etmoqda. Biz ertangi kun haqida, el-yurtimizning kelajagi to`g`risida har daqiqa o`ylashimiz kerak.

Birinchidan, sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo sharoiti va fuqarolarning ko`plab murojaatlarini inobatga olgan holda, shahar va tumanlardagi ko`p qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerak. Bunda xavfsizlik choralariga qat`iy rioya qilish talab etiladi", dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoev ushbu topshiriqning ijrosini Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya so`zsiz ta`minlash chorasini ko`rishini, Toshkent shahri bu borada namuna bo`lishi kerakligini ta`kidladi. 

Prezidentimiz yig`ilishda pishib etilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini joylarga etkazish va sotish uchun viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berish lozimligini aytdi.

"Misol uchun, ilgari Farg`ona vodiysidan Qamchiq dovoni orqali poytaxtimiz va boshqa viloyatlarga katta hajmda qishloq xo`jaligi mahsulotlari etkazib berilar edi. Hozir bu yo`l yopib qo`yilgan. Yoki Samarqand viloyatidan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Zarafshon shahri va boshqa hududlarga ko`plab mahsulotlar olib borilar edi. Bu ishlar ham hozir to`xtab turibdi. Shuning uchun Bosh prokuror boshchiligidagi oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash komissiyasiga qishloq xo`jaligi mahsulotlarini joylarga etkazib berish bo`yicha 24 soat ishlaydigan uzluksiz tizim tashkil etish topshiriladi", dedi Prezident.

Ta`kidlanishicha, Ichki ishlar vazirligi dehqon va fermer xo`jaliklarining avtotransport vositalarini hududlararo postlarda kutib olish, ularni tashkil etilgan yarmarkalar va savdo nuqtalariga tartib bilan kuzatib borishni ta`minlaydi.

Davlat soliq qo`mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi sotish uchun olib kelinayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini joylarda aholi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, savdo maydonchalari, yarmarka va bozorlarga yo`naltirib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1