AsosiyIqtisodiyot

"Coca-Cola" jamg`armasi O`zbekistonda COVID-19ga qarshi kurashish uchun 200 000 AQSh dollari ajratdi

200 000 AQSh dollari miqdorida  bo`lgan grantning maqsadi – COVID-19 inqirozi bilan b...

'"Coca-Cola" jamg`armasi O`zbekistonda COVID-19ga qarshi kurashish uchun  200 000 AQSh dollari  ajratdi'ning rasmi

200 000 AQSh dollari miqdorida  bo`lgan grantning maqsadi – COVID-19 inqirozi bilan bog`liq bo`lgan insonparvarlik yordami doirasida O`zbekistonga nafas oldirish va boshqa tibbiy uskunalarni taqdim qilishdan iboratdir, deb xabar bermoqda O`zbekoziq-ovqatxolding.

BMT Taraqqiyot Dasturining O`zbekistondagi vakolatxonasi "Coca-Cola" jamg`armasi nomidan ushbu missiyaning ijrosi  uchun mas`ul etib belgilangan.

BMT Taraqqiyot Dasturi va "Coca-Cola" jamg`armasining mazkur qo`shma faoliyati doirasida infeksiyaning eng og`ir oqibatlaridan aziyat chekayotgan bemorlarning hayotlarini saqlab qolish imkoniyatlarini ta`minlash va kishilarni  bu virusga chalingan yoki chalinmaganini aniqlovchi testlarini o`tkazish uchun zarur uskunalar zudlik bilan sotib olinadi.  

Ma`lumot  o`rnida, BMTTDning O`zbekistondagi vakolatxonasi 2011 yildan beri "Coca-Cola" jamg`armasi bilan hamkorlik qilib keladi. Bu davrga qadar "Coca-Cola" jamg`armasi umumiy qiymati 505 ming AQSh dollariga teng 5 ta loyihani moliyalashtirgan. Ushbu loyihalar mamlakatdagi bir necha muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlikda Samarqand, Navoiy viloyatlari va  Qoraqalpog`iston Respublikasining chekka qishloq joylarida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.   

Boshqa yangiliklar