Shahzoda oxirgi paytlarda mashhur san`atkorlar bilan duet kuylashga astoydil bel bog`laganini sezgan bo`lsangiz kerak. Xonanda yaqinda Jahongir Poziljonov bilan “”Maqtanchoq” deb nomlangan duet qo`shiqni kuylagandi.
Xabaringiz bo`lsa, mazkur qo`shiq Shahzodaning joriy yildagi konsert dasturida kuylangan. Kuni kecha bu qo`shiqqa poytaxtimizdagi istirohat bog`larninig birida klip suratga olindi. Komediya janridagi mazkur klipning suratga olish jarayonida Shahzoda va Jahongir Poziljonov, shuningdek, ularning aktyor do`stlaridan Halima, Shahzoda Matchonova, Dineyra va “Bojalar” guruhining butun jamoasi ishtirok etdi. Shahzoda va Jahongir Poziljonov klip voqeasini o`zlari o`ylab topishdi. Klip tez kunlarda namoyish etiladi.





