O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi karantin vaqtida avtomobilda harakatlanish bo`yicha eng muhim savollardan biriga javob berdi.
"O`zbekiston Respubilikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi 17-son yig`ilish bayonining 1-ilovasi 4-bandiga asosan:
- yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanish lisenziyasiga ega bo`lgan yo`nalishsiz taksilarga o`zlarining ro`yxatdan o`tgan ma`muriy hududi doirasida yo`lovchilarsiz faqat etkazib berish xizmatini ko`rsatishi mumkin. Shuningdek, inson hayotiga xavf tug`diradigan holatlarda va kechiktirib bo`lmaydigan tibbiyot muolajalarini olayotgan bemor yo`lovchilarni tashish mumkin" deb yoziladi xabarda.